Foto: 24.kg
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ozodlikka chiqarilgan. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.
Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan qirg‘izistonliklar namoyishga chiqishgandi. Vaziyat jiddiy tus olib, namoyishchilar Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan. U yerda mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayev saqlanayotgandi.
Oldinroq namoyishchilar parlament binosiga ham bostirib kirishgan. Xavfsizlik qo‘mitasi binosiga kirib borgan namoyishchilar Almazbek Atambayevning ozodlikka chiqarilishini talab qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning talabi bajarilgan va sobiq prezident qo‘yib yuborilgan.
Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlarida davomad 56,5 foizni tashkil qilgan va u o‘tkazilgan deb topilgandi. Saylov natijalariga ko‘ra, faqat «Birimdik», «Mekenim Kirgizstan», «Kirgizstan» va «Butun Kirgizstan» partiyalari yetarli ovoz to‘play olgan. Saylovda qatnashgan 12 partiyadan 11 tasi natijalarni tan olmagan. Hukmron «Birimdik» partiyasi esa qayta saylovlar o‘tkazishga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Almazbek Atambayev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil-u 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qo‘yilgan asosiy ayblov sifatida kriminal Aziz Batukayevni ozodlikka chiqarish keltirilgandi. 2013 yilda 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atambayev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atambayev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo‘lga olishgandi.
Internetda Atambayevning ozod qilinishidan olingani aytilayotgan videolar tarqaldi. Bishkek ko‘chalarida minglab odamlar namoyishlarda qatnashdi. Hukumat bu borada rasmiy ma’lumot bergani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi