«O‘rgimchak odam» Minneapolisdagi mitingni janjalga aylantirdi

«O‘rgimchak odam» Minneapolisdagi mitingni janjalga aylantirdi

AQSHning Minneapolis shahrida 22 avgust kuni o‘ng qanot faoli va musulmonlarga qarshi chiqishlari bilan tanilgan Jeyk Lang ishtirokidagi miting vaqtida g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘ldi. O‘rgimchak odam libosidagi noma’lum shaxs Lang turgan pikap mashinasi orqasiga chiqib, unga bir necha marta zarba bergan. Uning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Voqea Lang va uning olti nafar tarafdori ikki mashinada shahar hokimiyati binosi oldiga kelganidan keyin yuz bergan. Minneapolis politsiyasi ma’lum qilishicha, har ikki mashina odamlar to‘plangan hudud tomon trotuardan harakatlangan. Shundan so‘ng Lang tarafdorlari va unga qarshi namoyishchilar o‘rtasida keskin to‘qnashuv boshlangan.

To‘qnashuvlar davomida politsiya aralashgan. Hodisa ortidan Lang va uning olti nafar hamrohi, shuningdek, yana bir necha namoyishchi hibsga olingan. Politsiya xodimlaridan uch nafari ham voqea vaqtida yengil jarohat olgan.

Jeyk Lang avval ham Minneapolisda musulmonlarga qarshi namoyish o‘tkazgan. Uning chiqishlari jamoatchilikda keskin tanqidlarga sabab bo‘lib kelmoqda. 22 avgustdagi tadbir esa ko‘p sonli qarshi namoyishchilar ishtirokida yana janjal bilan yakunlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar