Foto: «Radiokp»
2020 yil mobaynida insoniyatni qo‘rquvga solib kelayotgan o‘lim virusi (koronavirus)ning ham birgina bo‘lsa-da foydali xususiyati bor ekan. Ana shunday to‘xtamga kelgan Arizona universiteti (AQSH) olimlari «Pain» jurnalida maqola chiqarishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, SARS-CoV-2 og‘riqni yengillashtirish xususiyatiga ega. Olimlarga ko‘ra, koronavirusning ayni shu «anestetik» ta’siri sababli ayrim bemorlar kasallikni hech qanday og‘riq va simptomlarsiz, oyoqda o‘tkazib yuborishadi, shuning barobarida boshqalarga yuqtiruvchi bo‘lib qolaverishadi.
Og‘riq qoldirish effektining sababchisi sifatida koronavirusning inson hujayralariga kirishini ta’minlovchi S-oqsil ko‘rilmoqda. Ushbu birikma og‘riq hissini shakllantiruvchi signallarni bosish xususiyatiga ega. Ya’ni S-oqsil nafaqat ASЕ2 retseptori, balki neyronlardagi membrana oqsili — neyropilin-1 bilan ham bog‘lana oladi.
Qon tomirlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda saraton va revmatoidli artrit kabi kasalliklar bilan bog‘liq Alfa tomirlar endoteliysi o‘sishi omili (VEGF-A) ham neyropilin-1 bilan aloqador. Ayni holatda neyronlarning gipersezuvchanligi yuzaga kelib, kuchli og‘riq turadi. S-oqsil bilan bog‘lanish esa bu og‘riqli effektni to‘xtata olishi mumkin.
Arizonalik olimlar koronavirusning ushbu xususiyati fanga xizmat qilishidan umidvor, chunki juda ko‘plab olimlar kelgusida neopioid dorilar yordamida og‘riq qoldirishda neyropilin-1dan foydalanish yo‘llarini ham qidirishayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi