Foto: «Newsfortomorrow.com»
Oxirgi 19 yildan beri Xitoyda yashovchi rossiyalik Andrey Mironov Xitoy yangi koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqinidan qanday qutulib qolganini tushuntirib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gonkongda vaqti-vaqti bilan virus tarqalib turibdi, lekin ular shu zahoti bartaraf etilmoqda. Mironovning fikricha, hammasi tizimning yaxshi yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlanadi.
Shaharliklarning tana harorati muntazam tekshirib turiladi, hamma joyda himoya vositalari talab etiladi, hammaning telefoniga egasining harakatini kuzatib boradigan dastur o‘rnatilgan.
Maxsus ilova odamning joylashgan joyini aniqlaydi va muayyan hudud kasallanish darajasiga qarab rangli kod bilan qayd etiladi.
«Bu yerda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqaror yaxshi bo‘lib turibdi. Hech qanday ikkinchi to‘lqin kuzatilgani yo‘q... Xitoyliklarda butun tizim yaxshi ishlab chiqilgan, hamma narsa uchun resurslar yetarli. Mutaxassislar hozir ham, kelajakda ham mamlakat sayyoradagi eng xavfsiz joy bo‘lishini tasdiqlamoqda», — deydi Andrey Mironov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi