
11 oktabrda Tojikistonda o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi prezident Imomali Rahmon katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Rahmonga ovoz beruvchilarning 90,9 foizi yoki 3 mln 837 ming kishi ovoz bergan.
Tojikistonning saylovlar va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzodaning ma’lum qilishicha, saylovlar pandemiyaga qaramay ochiq-oydin va demokratik muhitda o‘tgan.
Tojikiston prezidenti lavozimiga 5 nomzod kurash olib borgan. Saylovlar natijalariga ko‘ra nomzodlar quyidagicha ovozlar to‘plashgan:
Imomali Rahmon (Xalq demokratik partiyasi) - 3 mln 837 ming 927 yoki 90,9 foiz saylovchilar;
Rustam Latifzoda (Agrar partiya) – 127 ming 746 yoki 3,3 foiz saylovchilar;
Rustam Rahmatzoda (Iqtisodiy islohotlar partiyasi) - 90 ming 587 yoki 2,15 foiz saylovchilar;
Abduhalim G‘afforzoda (Sotsialistik partiya) – 62 ming 835 yoki 1,49 foiz saylovchilar;
Miroj Abdulloyev (Kommunistik partiya) – 49 ming 212 yoki 1,17 foiz saylovchilar.
Tojikistonda hammasi bo‘lib 4 mln 946 ming 289 saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, saylovlarda ulardan 85,3 foizi yoki 4 mln 221 ming 76 kishi ishtirok etdi.
Tojikistonda prezident 7 yillik muddatga saylanadi. Imomali Rahmon ushbu oliy davlat lavozimini 1994 yildan beri egallab keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar