Foto: EPA / TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z vakolatlarining bir qismidan voz kechish va bu vakolatlarni hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlariga berishga tayyorligini aytdi.
"Oxirgi paytda vakolatlarni qayta taqsimlash to‘g‘risida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lyapti. Kimgadir vakolatlar yetmayotganligi aniq, umuman esa bu to‘g‘ri: hukumatga ko‘proq vakolat berish kerak, hokimiyatning boshqa organlariga ko‘proq vakolat berish kerak. Prezidentdan unga xos bo‘lmagan masalalarni olib tashlash kerak", - dedi Lukashenko.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda "prezidentdan 71ta vakolatni hokimiyatning barcha bo‘g‘inlariga o‘tkazish to‘g‘risida xat olgan".
Belarus MSK rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko saylovlarda 80 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya, MSKning ta’kidlashicha, 10 foizdan sal ko‘proq ovoz olgan. Uning shtabi Tixanovskaya 70 foizdan 80 foizgacha ovoz olganini aytib, ushbu xulosaga rozi bo‘lmadi.
23 sentabr kuni Lukashenkoning inauguratsiyasi Minskda oldindan e’lon qilinmagan holda yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Uni AQSH, Ukraina, Germaniya, Estoniya, Slovakiya, Chexiya, Litva, Kanada va Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlar tan olmadi. YEI ushbu jarayonning o‘zi ham, Lukashenkoning yangi muddati ham yetarli qonuniy asosga ega emasligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)