2 295
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizi ta’tildan qaytgan odamlar ekanini ma’lum qildi
Koronavirusga chalingan ruslarning aksariyat qismi ta’tildan qaytganlardir. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh allergolog-immunologi Rahim Hayitov bu haqda ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda «Interfaks».
«Hozir kasallarning 90 foizi yaqin orada ta’tildan qaytayotganlar hisoblanadi. Plyaj va restoranlarda juda ko‘p odamlar bo‘lganligi sababli bu muqarrar edi. Biri niqob kiymaydi, ikkinchisi uni noto‘g‘ri taqadi», – deydi Rahim Hayitov.
Hayitovning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi aniq davo chorasi bo‘lmasa-da, rossiyaliklar Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiya qilgan maslahatlarga amal qilishi kerak. Ya’ni niqob, qo‘lqop kiyish va odamlar gavjum joylardan uzoqroq yurish.
«Endi biz karantin choralarini qat’iy bajarishimiz kerak. Xitoyda juda qattiq intizom tufayli koronavirus deyarli tugadi», – deydi vazirlik vakili.
Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada jami 1 376 020 nafar odam koronavirusga chalingan. Bemorlarning 1 060 279 nafari sog‘aygan, 23 857 nafari esa vafot etgan.
Avvalroq Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi