Har qanday odam o‘z odatlarini o‘zgartira olsa, koronavirusga qarshi shaxsiy himoya darajasini oshira oladi.
Rossiyaning Virusli infeksiyalar profilaktikasi va ularni davolash ilmiy-axborot markazi direktori Georgiy Vikulov immun tizimi har qanday virusdan asosiy himoya ekanini eslatib o‘tgan va uni mavsumiy kasalliklarga tayyorlash o‘z qo‘limizda ekanini aytgan.
Buning uchun muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish lozim. Biroq bunda ham me’yorga amal qilish kerak. Haddan ortiq jismoniy faollik ham kam harakatli turmush tarzi kabi immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Haddan ortiq zo‘riqish kuchli stress omili bo‘lib, u distressga aylanib, endokrin mexanizmlar orqali ko‘plab immunologik reaksiyalarni yo‘qqa chiqarishi mumkin”, deb tushuntirgan mutaxassis.
Me’yoridagi jismoniy faollik bilan birga ovqatlanishdagi odatlar ham muhimdir. Immunologning ta’kidlashicha, immunitetga yurak-tomir tizimining holati ham ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tizimning holati esa xolesterin miqdoriga bog‘liq. Shu sababli yog‘li taomlarni iste’mol qilishdan qochish lozim. Shuningdek, tamaki chekish va spirtli ichimliklar ichish kabi zararli odatlarni tashlash zarur.
Avvalroq sovqotish immunitetning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini zaiflashtirishi ma’lum qilingandi. Shu sababli koronavirusga chalinish darajasi oshganda issiqda qolish muhim hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi