18:05 / 22.10.2020
651

Obama Baydenni ilk marta ommaviy tarzda qo‘llab-quvvatladi

Obama Baydenni ilk marta ommaviy tarzda qo‘llab-quvvatladi
Foto: twitter.com/sahilkapur
Demokrat nomzodning tarafdorlari bilan uchrashuv ovoz berish natijalari eng muhim bo‘lgan shtatlardan biri Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan.
AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama shaxsan prezidentlik poygasi paytida ilk bor demokratlar nomzodi Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlash uchun mitingda so‘zga chiqqan. Uning nutqini Fox News telekanali efirga uzatgan.

Ta’kidlanishicha, Bayden tarafdorlari bilan uchrashuv Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan, u yerdagi beriladigan ovozlar bo‘lajak saylovlardagi natijalarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.

Men Pensilvaniya shtatiga kelishni yaxshi ko‘raman. Siz meni ikki marta qo‘llab-quvvatladingiz va bugun men Jo Bayden va Kamala Xarrisga Oq uyni “qo‘lga kiritishi” uchun yordam berishingizni so‘rab qaytib keldim”, – degan Obama.

2008 va 2012 yilgi prezident saylovlarida pensilvaniyaliklar Obamani qo‘llab-quvvatlagan. Ammo 2016 yilda ular Xillari Klintonga emas, uning raqibi va amaldagi davlat rahbari, respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga ko‘proq ovoz berishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)