
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Emmanyuel Makron / Foto: Murad Sezer/Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ruhiy davolanishga muhtojligini aytdi. U Makronning Islom dini to‘g‘risidagi so‘zlariga ana shu tarzda munosabat bildirdi.
"Makron ismli bu odamning Islom va musulmonlar bilan qanday muammosi bor? O‘z mamlakatidagi boshqa dinga e’tiqod qiladigan millionlab aholiga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lgan davlat rahbariga nima deyish mumkin? Makronning ruhiy xastaligini davolash talab qilinadi”,- dedi Erdo‘g‘an.
U shuningdek, Berlindagi masjidlarda tintuvlar o‘tkazilishi islomofobiyaning ko‘rinishi ekanligini aytdi.
“Islomga nisbatan bunday dushmanlarcha munosabat Turkiyaga ham dushmanlarcha munosabat ekanligini unutmasligimiz lozim", - dedi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, "musulmonlarga nisbatan bunday huquqbuzarlik Yevropa fashizmining yangi bosqichga o‘tayotganidan darak beradi".
Makron 2 oktabr kuni Fransiya jamoatchiligini islom separatizmiga qarshi qat’iy kurashga chaqirgandi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘anEmmanyuel MakronIslom DiniRuhiy DavolanishIslomofobiyaYevropa Fashizmi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar