Foto: TASS
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekdagi 1-sonli tergov izoyatoridan 47-sonli koloniyaga o‘tkaziladi. Avvalroq Atamboyev Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan 1-sonli tergov izolyatoriga o‘tkazilgandan keyin ochlik e’lon qilgandi.
27 oktabrda Atamboyevning oldiga Qiynoqlar oldini olish bo‘yicha milliy markaz xodimlari tashrif buyurishgan. Markaz vakillarining ta’kidlashicha, sobiq prezident 1-qavatdagi 4 kishilik kamerada yana bir sudlanuvchi bilan birga saqlanmoqda.
“Atamboyev suhbat chog‘ida yomon sharoitlar, jumladan kameradagi past haroratdan shikoyat qilgan. Atamboyev ochlik e’lon qilishini Aziz Batukayev ishi bo‘yicha sud jarayoni yopiq tarzda o‘tayotgani bilan tushuntirgan. Bundan tashqari, uni tibbiy yordamga muhtojligi sababli Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan 47-koloniyaga o‘tkazishlari kerak edi. Biroq bugungi kunda u 1-sonli tergov izolyatorida saqlanmoqda. U sud jarayonining ochiq rejimda o‘tkazilishi va darhol 47-sonli koloniyaga o‘tkazilishini talab qilmoqda”, deb ma’lum qilgan markaz vakili.
Atamboyev Qirg‘izistonda oktabr boshida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar vaqtida tergov izolyatoridan ozod qilingandi. Biroq 10 oktabrdayoq siyosatchi maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan ushlanib, yana panjara ortiga jo‘natilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi