1 noyabrda Xitoy aholisining ro‘yxatga olinishi boshlandi. Ro‘yxatga olish mamlakat tarixida yettinchi marta o‘tkazilmoqda. Unda 7 mln kishi ishtirok etib, ulardan har biri 250ga yaqin kishini ro‘yxatga olish kerak bo‘ladi.
Ro‘yxatga olishda Xitoyning qit’adagi qismi hamda maxsus hududlari - Hongkong, Makao, Tayvan aholisi, xorijdagi xitoylik diplomatlar, talabalar, xizmat safaridagi xodimlar hamda Xitoyda yarim yildan ko‘proq yashayotgan xorijliklar hisobga olinadi.
Ro‘yxatga olish doirasida nafaqat Xitoy aholisi sonini aniqlash, balki mamlakatda qancha erkak va ayol borligini, aholining bandligi, ta’limi darajasi, yoshi haqida ma’lumotlar to‘plash rejalashtirilgan.
Aholini ro‘yxatga olish 10 dekabrgacha davom etadi.
Xitoyda aholini ro‘yxatga olish birinchi marta 1953 yilda o‘tkazilgan. O‘shanda Xitoy aholisi 600 mln kishidan ko‘proq chiqqan. So‘ngra 1964, 1982, 1990, 2000 va 2010 yillarda ham ro‘yxatga olish o‘tkazilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy aholisi hozirda 1,4 mlrd kishidan oshgan. Bunda mamlakatning maxsus hududlari - Tayvan, Hongkong va Makaodagi aholisi hisobga olinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi