15:10 / 04.11.2020
2 025

Shimoliy Koreya COVID-19’ga qarshi kurashish uchun chegaralarini minalashtirdi

Shimoliy Koreya COVID-19’ga qarshi kurashish uchun chegaralarini minalashtirdi
Foto: Yonhap
Janubiy Koreya razvedkasining ma’lum qilishicha, KXDR mamlakatga koronavirus kirib kelishining oldini olish uchun qat’iy choralar ko‘rishga qaror qildi va Xitoy bilan chegaralarni minalashtirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu ma’lumotni Janubiy Koreya parlamenti eshituviga davlat razvedka boshqarmasi taqdim etgan. Matbuotga esa bu ma’lumotni parlament deputati, «Fuqarolik kuchi» muxolifat partiyasi vakili Xa Txe Gyon «sizdirgan».

Razvedka tomonidan qayd etilishicha, KXDR o‘z tibbiyot infratuzilmasining rivojlanmaganini hisobga olib, COVID-19’ning mamlakatda tarqalishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

Xabar berilishicha, KXDRda 2020 yilning 27 fevral kuni partiya tuzilmasi ichida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjat tarqatilgan. Hujjatga ko‘ra, KXDRda koronavirus tarqalgan taqdirda mamlakatda 500 ming kishi vafot etishi mumkin.

«Shimol chegaralarni yopdi va Xitoy bilan chegara uchastkalarini minalashtirdi», — deya ma’lum qilgan Xa Txe Gyon. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijdan va Janubiy Koreyadan KXDRga import taqiqlangan, xorijdan mahsulotlarni mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ygan bojxonachilar jiddiy jazolanadi.

Janubiy Koreya razvedkasining ishonch bildirishicha, KXDRda infeksiya tarqalishini nazorat qila olmagan mansabdorlarga o‘lim jazosi xavf soladi. Biroq bu mavzuda matbuotda birorta misol keltirilmagan.

Shu bilan birga, 22 sentabr kuni KXDR chegarachilari Sariq dengizdagi chegara suvlarida Shimoliy Koreya tomonga suzib borgan janublik baliq nazorati inspektorini otib tashlagan. Uning jasadi esa protivogaz va himoya kiyimidagi harbiylar tomonidan yoqib yuborilgani xabar qilingan.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In bu hodisani tergov qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Janubiy Koreya harbiylari esa vafot etgan kishining yaqinlariga shimollik harbiylarning suhbatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan va buning harbiy sir ekanligi aytgan.

O‘z navbatida KXDR mamlakatda koronavirus infeksiyasi mavjud emasligini ta’kidlab kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya COVID-19’ga qarshi kurashish uchun chegaralarini minalashtirdi