
Foto: REUTERS/Kevin Lamarque
Demokrat Jozef Bayden AQSH prezidenti saylovida g‘alaba qozonganligini ma’lum qildi va amerikaliklarni birdamlikka chaqirdi. U bayonotini o‘z Twitter sahifasida e’lon qildi.
"Amerika, meni bu mamlakatga rahbarlik qilish uchun saylashgani men uchun sharaf. Oldinda og‘ir vazifa turibdi, ammo men uchun ovoz bergan-bermaganligidan qat’i nazar barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman", - deya qayd etdi u.
"Poyga tugadi, g‘azab va keskin bayonotlarni unutish hamda yagona mamlakat sifatida chiqish vaqti keldi. Amerika uchun birlashish va tuzalish vaqti keldi", - deya ta’kidladi Bayden.
America, I’m honored that you have chosen me to lead our great country.
— Joe Biden (@JoeBiden) November 7, 2020
The work ahead of us will be hard, but I promise you this: I will be a President for all Americans — whether you voted for me or not.
I will keep the faith that you have placed in me. pic.twitter.com/moA9qhmjn8
CNN, NBC, Fox News va Associated Press (AP) prognozlariga ko‘ra, Bayden Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun talab qilinadigan tanlovchilarning 270ta ovoziga ega bo‘ldi.
Avvalroq Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, saylovlarda g‘olib bo‘lishga shubha qilmasligini va kamida 300 ta ovoz to‘plashga ishonishini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar