Foto: Kevin Lamarque / Reuters
AQSHdagi prezident saylovlarida o‘z g‘alabasini e’lon qilgan Jo Bayden 2021 yil 20 yanvarda prezident lavozimini bajarishga kirishgach, amaldagi prezident Donald Tramp qabul qilgan bir qator qarorlarni bekor qilmoqchi.
The Washington Post nashrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, Bayden AQSHni iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytarmoqchi va uning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishi haqidagi qarorni bekor qilmoqchi.
Bundan tashqari, Bayden Trampning immigratsiyani taqiqlovchi qarorini darhol bekor qilishni va AQSHga yoshligida noqonuniy tarzda keltirilgan shaxslarga mamlakatda qolishga imkon beruvchi dasturni tiklashni rejalashtirmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Baydenning bosh maslahatchilari uning saylovoldi rejasini iloji boricha yaxshiroq amalga oshirish ustida oylab ish olib borishgan.
Avvalroq Bayden Amerika xalqiga murojaatida AQSH jamiyatini birlashtirishga va AQSHga dunyoda yetakchilikni qaytarishga va’da bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”