Foto: Xinhua
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisida Xitoyning koronavirus vaksinasi yetkazib berish imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Insoniyat koronavirus ustidan g‘alaba qozonishi uchun vaksina juda muhim. Xitoy vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro mexanizmga qo‘shilgan va bu borada SHHTga a’zo mamlakatlarning so‘rovlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Biz hamkorlarimizga o‘z fuqarolarining salomatligini ta’minlash borasida yordam berishdan xursand bo‘lamiz.
Pandemiyaga qarshi kurashda JSSTning roli muhimligini unutmagan holda mintaqadagi sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik olib borish, bir-birimizni qo‘llash muhim. Pandemiyani siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Koronavirusga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik muhim. Shu sabab Xitoy ma’lumot almashish va monitoring bo‘yicha SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida «qaynoq liniya» tashkil etishni taklif qiladi», – dedi XXR raisi.
Ma’lumot uchun, Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina sinov uchun olib kelingan. Hozircha sinovda 5 ming kishi qatnashishi kutilmoqda. Oldinroq Braziliyada Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina sinovi vaqtida bir kishi halok bo‘lgach, sinov yakunlangandi. Keyinchalik Xitoy tomoni bu o‘limning vaksinaga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi