Foto: The New York Times
AQSH prezidenti saylovlarining g‘olibi deb e’lon qilingan Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampning o‘z mag‘lubiyatini tan olmayotganini “sharmandalik” deb atadi. Bayden hokimiyatning uning ma’muriyatiga o‘tishini ta’minlash uchun qonuniy choralar ko‘rishga ehtiyoj yo‘qligini aytdi.
“Men sudga da’vo qilishga zarurat ko‘rmayapman. Rostini aytganda, siz bunday sud jarayoni borayotganini ko‘rmoqdasiz. U [Tramp] bunday choralarni ko‘rmoqda. Prezident va AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning saylovlarda qoidabuzarliklar bo‘lgani haqidagi da’volariga hech qanday isbot yo‘q”, deb aytgan Bayden Uilmington shahridagi chiqishida.
Bayden Trampning uning nomiga aytadigan har qanday bayonotiga qaramay, reja bo‘yicha ishni davom ettirishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Tramp mamlakatning yagona prezidenti hisoblanadi va u bu lavozimda 20 yanvargacha qoladi.
“Hech narsa tubdan o‘zgarmaydi. Biz reja bo‘yicha ishni davom ettiramiz”, deb aytgan Bayden.
Shu bilan birga, demokrat Trampning o‘z mag‘lubiyatini tan olmayotganini “sharmandalik” deb atagan. Uning ta’kidlashicha, oxir-oqibat hokimiyat unga o‘tishiga ishonadi.
“O‘ylaymanki, buning barchasi oxir-oqibat 20 yanvarda yuz beradi va bu vaqtgacha Amerika xalqi bizda o‘tish davri muvaffaqiyatli kechganini bilishi va anglashiga umid qilaman va buni kutib qolaman”, deb aytgan demokrat.
Bayden hozirda uning g‘alabasini tan olmayotgan respublikachilar haqidagi savolga javoban ular ham natijada uni AQSH prezidenti deb tan olishlarini aytgan.
Avvalroq AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo hokimiyat Tramp ma’muriyatida qolishiga ishonch bildirgan.
“Hokimiyatning Trampning ikkinchi ma’muriyatiga o‘tishi yuz beradi”, deb aytgan Pompeo davlat departamenti Baydenning o‘tish guruhi bilan hamkorlik qilishi haqidagi savolga javoban.
AQSHning bir qator yetakchi OAVlari 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Saylovlarga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, Bayden ham o‘zini saylovlarda g‘alaba qozongan, deb hisoblamoqda. Uni bu g‘alaba bilan ko‘plab jahon yetakchilari tabriklashga ulgurishgan.
Biroq amaldagi prezident Donald Tramp demokratlarni saylovlar natijalarini soxtalashtirishda ayblamoqda va o‘z mag‘lubiyatini tan olmayapti. U natijalar bo‘yicha bir necha shtatlarda sud tartibida bahslashmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi

«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida

Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi

Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?