12:02 / 12.11.2020
2 518

Rossiyada mehnat migrantlari uchun kvotalar keskin qisqartirildi

Rossiyada mehnat migrantlari uchun kvotalar keskin qisqartirildi
Foto: EPA
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning buyrug‘i bilan 2021 yilda chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada vaqtincha yashash uchun 39 325 ta ruxsatnoma berish kvotasi belgilandi. Bu haqda huquqiy ma’lumotlar saytida e’lon qilingan hujjatga tayanib, «Interfaks» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu qisqartirish 2020 yilda belgilanganidan uchdan bir qismga kam. Hujjatga ilovada kvotalar mintaqalar bo‘yicha taqsimlangan.

Ruxsatnomalarning aksariyatini Moskva viloyati — 2500 ta, Moskva — 2000 ta va Sankt-Peterburg — 1200 ta olgan. Belgorod, Tula, Rostov viloyatlari va Stavropol o‘lkasining har biri 1000 nafardan muhojirni qabul qilishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, 2020 yilda 60 270 ta, 2019 yilda 83 480 ta, 2018 yilda esa 90 360 ta ruxsatnoma uchun kvota ajratilgan.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining sentabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada mehnat migrantlari soni yillik hisobda qariyb to‘rtdan bir qismga kamaygan va 1,8 million kishini tashkil etgan. 2019 yilning sentabrida esa bu ko‘rsatkich 2,3 million nafar bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada mehnat migrantlari uchun kvotalar keskin qisqartirildi