Janubiy Koreyada 70 yoshli ayol birinchi sinfga o‘qishga kirdi

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasining pasayishi qishloq maktablarida o‘quvchilar soni keskin kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday maktablardan birida esa bo‘sh qolgan sinfxonalarni to‘ldirish va keksalarning bolalikdagi orzusini amalga oshirish uchun kutilmagan qaror qabul qilingan. Bu haqda SBS Korean xabar berdi.
2019 yilda Cholla-namdo viloyatining Kangjin okrugida joylashgan Tegu boshlang‘ich maktabida atigi 22 nafar o‘quvchi qolgan edi. Holbuki, 1980 yillarda maktabning har bir sinfida taxminan 90 nafar bola o‘qigan.
Birinchi sinfga yoziladigan bolalar topilmagach, maktab ma’muriyati savod chiqarishni istagan keksa ayollarni o‘qishga taklif qildi. Natijada 56 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar ayol birinchi sinf o‘quvchisiga aylandi.
Ularning aksariyati bolaligida maktabga borish imkoniga ega bo‘lmagan. O‘sha davrda ayrim oilalar qizlaridan uy ishlari va uka-singillariga qarashni talab qilgan, ta’lim olishda esa o‘g‘il bolalarga ustuvorlik berilgan.

Ular orasida 70 yoshli Xvan Vol-gyum ham bor edi. Uning aytishicha, maktab sumkasini ko‘tarib, darsga borish bolaligidan beri orzusi bo‘lgan. Endi esa u bu orzusini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi.
Keksa o‘quvchilar yangi bilimlarni katta qiziqish bilan o‘zlashtirgan. Ularning o‘qituvchisi qo‘shimcha vazifalar so‘rab, darslarga faol qatnashishini alohida ta’kidlagan.
Bu voqea insonning bilim olishga bo‘lgan intilishi uchun yosh to‘siq bo‘la olmasligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…