21:08 / 15.11.2020
1 137

Tramp saylov natijalarini tan olmasligini aytdi

Tramp saylov natijalarini tan olmasligini aytdi
Foto: REUTERS / Carlos Barria
AQSH prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Demokratlar partiyasi nomzodi Jo Bayden faqat “yolg‘onchi OAV”lar nazarida g‘olib bo‘lgan.

Men hech narsani tan olmayman! Bizni oldinda hali katta yo‘l kutmoqda. Bu soxta saylovlar edi!”, deb yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Trampning ta’kidlashicha, faqat natijalarning soxtalashtirilishi Baydenga prezident saylovlarida yetakchilik qilishga imkon bermoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)