Misr hukumati Qohira yaqinida joylashgan Sakkara nekropolida kamida 100ta qadimiy sarkofag topilganini e’lon qildi. Ulardan ba’zilarida mumiyolar bo‘lgan. Avvalroq ham ushbu hududda 59ta sarkofag topilgandi.
Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid Al-Ananiyning ma’lum qilishicha, topilgan sarkofaglar Ptolemeylar (miloddan avvalgi 320-30 yillar) va Kechki saltanat (miloddan avvalgi 664-332 yillar) davrlariga mansub.
Yorqin bezatilgan sarkofaglar Joser ehromi tagida tashkillashtirilgan maxsus ko‘rgazmada taqdim etilgan. Arxeologlar sarkofaglardan birini ochib, uning ichida yaxshi saqlanib qolgan mumiyoni namoyish qilishgan.
Misr rasmiy idoralari yaqin orada Sakkaradagi qazilma ishlari vaqtida topilgan boshqa arxeologik topilmalar haqida e’lon qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi