Misr hukumati Qohira yaqinida joylashgan Sakkara nekropolida kamida 100ta qadimiy sarkofag topilganini e’lon qildi. Ulardan ba’zilarida mumiyolar bo‘lgan. Avvalroq ham ushbu hududda 59ta sarkofag topilgandi.
Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid Al-Ananiyning ma’lum qilishicha, topilgan sarkofaglar Ptolemeylar (miloddan avvalgi 320-30 yillar) va Kechki saltanat (miloddan avvalgi 664-332 yillar) davrlariga mansub.
Yorqin bezatilgan sarkofaglar Joser ehromi tagida tashkillashtirilgan maxsus ko‘rgazmada taqdim etilgan. Arxeologlar sarkofaglardan birini ochib, uning ichida yaxshi saqlanib qolgan mumiyoni namoyish qilishgan.
Misr rasmiy idoralari yaqin orada Sakkaradagi qazilma ishlari vaqtida topilgan boshqa arxeologik topilmalar haqida e’lon qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi