Foto: «Reuters»
Peruning yangi prezidenti Manuel Merino mamlakatda bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari va ularning qattiq tarqatilishidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda siyosatchining o‘zi ma’lum qildi.
«Shuni ma’lum qilmoqchimanki, men respublika prezidenti lavozimidan ketyapman», — deya xabar bergan u.
Siyosatchining bayonoti RPP radiosida translyatsiya qilindi. Shanba kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida ikki kishi halok bo‘ldi, 94 kishi jarohatlandi, ulardan 63 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Peru kongressi avvalroq prezident Martin Viskarrani layoqatsiz deb topib, unga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. U 2011-2014 yillarda Mokegua hududi gubernatori lavozimida ishlagan paytlarda pora olganlikda ayblanmoqda. Uning o‘rniga 10 noyabr kuni prezident lavozimini kongress spikeri egallagandi. Shundan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib, oltinchi kundirki tingani yo‘q. Peruning yangi prezidenti Merino iste’foga chiqishini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi