Rossiya hukumati ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin brifingda aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, pandemiya davrida qurilish sohasida ishchi kuchining yetishmovchiligi yuzaga kelgan - mehnat migrantlarining bir qismi uyiga ketgan va Rossiyaga qaytib kela olmayapti.
"Ko‘plab migrantlar qurilish maydonlarida ishlaydi. Cheklovlar kiritilgandan so‘ng, ularning bir qismi mamlakatni tark etdi, uylariga ketishdi, lekin qaytib kela olmayapti. Shu sababli, mamlakatimizda mehnat resurslari etishmasligi muammosi haqiqatan ham kuchayib bormoqda", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Endi hukumat bu muammoning yechimini qidirmoqda: Rossiya hukumati migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi. Bundan tashqari, bu tajriba allaqachon mavjud.
""Vaxtovik"larni ma’lum qurilish maydonchalariga olib kelish kerak bo‘lganda bir qator korxonalarda bunday tajriba mavjud edi. Biz shunday qarorlarni qabul qilardik, barcha choralar ko‘rilib, karantinga rioya qilingan. Tibbiy ko‘rik, barcha tahlillar - hammasi ish beruvchilarning hisobidan. Va odamlar olib kelingan", - dedi u.
Xusnullinning qo‘shimcha qilishicha, davlat ko‘magi tufayli Rossiyada qurilish maydonlari tobora ko‘payib bormoqda, ammo hozirda odamlarning yetishmovchiligi keskin sezilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)