Foto: Getty Images
Koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun faqatgina vaksinalar yetarli emas, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus. Bu haqda «RBK» xabar berdi.
«COVID-19 pandemiyasi boshlangandan beri biz pandemiyani nazorat ostiga olish uchun vaksina zarurligini bilar edik. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, vaksina bizda mavjud bo‘lgan boshqa vositalarni to‘ldiradi, ularning o‘rnini bosmaydi», — dedi tashkilot rahbari.
«Faqatgina vaksina pandemiyaga barham bermaydi», — deb davom etdi JSST bosh direktori. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun boshqa choralarni davom ettirish kerak. Ular orasida test o‘tkazish, kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni izolyatsiya qilish, shuningdek, aholini COVID-19 xavfliligi to‘g‘risida xabardor qilish.
Gebreyesusning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinalarning birinchi partiyalari kichik bo‘ladi. Ushbu dori-darmonlarni birinchi bo‘lib shifokorlar, keksalar va boshqa xavf guruhiga kiruvchi odamlar oladi.
Koronavirusga qarshi vaksinalar AQSH, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilmoqda. Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan — Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan «Sputnik V» vaksinasi va Novosibirskdagi «Vektor» markazi tomonidan yaratilgan «EpiVakKorona» vaksinasi.
Noyabr oyida «Sputnik V» ishlab chiqaruvchisi Rossiya vaksinasini favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilganlar ro‘yxatiga kiritish uchun JSSTga ariza yubordi. Endi tashkilot preparatni sinovdan o‘tkazishi kerak.
Dunyo bo‘ylab ishlab chiqilgan bir nechta vaksinalar oraliq sinovlarda 90 foizdan yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi. Ular orasida Germaniyaning BioNTech farmatsevtika kompaniyasi va AQSHning Pfizer kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina mavjud. Ushbu vaksinaning sinovida ishtirok etgan 43,5 ming ishtirokchidan atigi 95 kishi COVID-19 bilan kasallangan. Shundan so‘ng kompaniya aksiyalari qiymati 15 foizga o‘sdi.
16 noyabrda AQSHning Moderna kompaniyasi ham o‘z vaksinasining samaradorligini deyarli 95 foizga baholadi. Vaksinaning sinovlarida qatnashgan 30 ming ko‘ngillining besh nafari koronavirus bilan kasallangan. Dastlabki sinovlar paytida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasining samaradorligi 92 foizni tashkil etganini ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi