Foto: Reuters
Pensilvaniya oliy sudi amaldagi AQSH prezidenti Donald Tramp shtabi tomonidan berilgan da’voni rad etdi, unda Filadelfiyada kuzatuvchilarning ovozlarni hisoblash ustidan nazorati cheklangani da’vo qilingan edi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.
Qaror sudyalarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilindi — besh kishi Tramp shtabining da’vosini rad etishni yoqladi, ikki kishi bunga qarshi chiqdi. Sud qarorida aytilishicha, Pensilvaniya qonuniga ko‘ra, kuzatuvchilarning byulletenlar hisoblanayotgan xonaga qo‘yilishi talab etiladi, ammo ular va ovozlarni sanash stoli o‘rtasidagi minimal masofani qonun belgilamaydi. Sudda ta’kidlashlaricha, shtat qonunchilik majlisi okrug saylov komissiyalariga kuzatuvchilar turishi mumkin bo‘lgan masofani mustaqil belgilash huquqi taqdim etilgan. Shu munosabat bilan respublikachilar tomonidan berilgan shikoyat asoslarga ega emas.
O‘tgan hafta Pensilvaniyadagi Federal apellyatsiya sudi ovoz berish kuni tugaganidan keyin pochta orqali kelib tushgan 9,3 mingga yaqin byulletenlarni qonuniy kuchga ega bo‘lmagan deb e’lon qilishni talab qilgan edi. Shu bilan birga, shtatning boshqa bir sudi amaldagi prezident tomonida turib, Trampning o‘z shaxsini tasdiqlamagan odamlar pochta orqali yuborgan byulletenlarni hisoblamaslik haqidagi da’vosini qondirdi.
Trampning o‘zi Pensilvaniyada uning tarafdorlari 700 mingta byulletenni ko‘rib chiqishga qo‘yilmaganini, bu esa uning ushbu shtatdagi g‘alabasini anglatishini aytgandi. Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, 99 foiz byulletenlar sanab chiqilganidan keyin Jo Bayden Pensilvaniyada ovozlarning 50 foizini, Tramp — 48,8 foizini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq AQSHning Jorjiya shtatida prezidentlik saylovida Donald Tramp va Jo Baydenga berilgan ovozlar qayta hisoblab chiqilishi ma’lum qilingan edi. Nomzodlarga berilgan ovozlar o‘rtasidagi farq juda kichik bo‘lgani sababli ovozlar qo‘lda qayta hisoblanadi.
AQSHda prezidentlik saylovi 2020 yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7 noyabr kuni AQSHning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"