
Foto: «Fotokto.ru»
Britaniya hukumati koronavirusning oldini olish uchun xonalarni muntazam shamollatib turishni taklif qilmoqda. Olimlar qishda yomon ventilyatsiya tufayli koronavirusni yuqtirish xavfi uch baravar oshishidan ogohlantirmoqda. Bu, ayniqsa, idoralar va o‘quv muassasalariga taalluqli.
Hukumat ekspertlar bilan maslahatlashgach, xonalarni muntazam shamollatib turish zarur degan xulosaga kelishdi. Ular yo derazalarni ochiq qoldirishni, yo vaqti-vaqti bilan, masalan, har 10-15 daqiqada xonalarni shamollatib turishni tavsiya etishadi.
Ushbu chora infeksiyani yuqtirish xavfini 70%ga kamaytiradi, deb hisoblaydi Britaniya hukumati.
«Hammamiz ko‘p vaqtimizni xonalarda o‘tkazamiz, shu bois shamollatish zarur», — dedi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Jo Cherchill. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar