Foto: Corvallis Police Department
AQSHning Korvallis shahrida Tesla Model 3 haydovchisi katta tezlikda daraxtga urilib, elektromobil va unga o‘rnatilgan batareya butunlay sochilib ketdi, deb xabar beradi Motor.
Korvallis shahrida istiqomat qiluvchi Dilan Milota o‘zining Tesla Model 3 elektromobilida avariga uchrab, daraxtda urilishidan oldin soatiga 160 kilometr tezlida harakatlangan. Tezlik yuqoriligi sabab daraxt ham sedanni to‘xtata olmagan — shundan so‘ng u yana bir daraxtni borib urgan, beton to‘siqni ko‘chirib yuborgan, transformator butkasiga shikast yetkazgan va bir necha marotaba ag‘darilib to‘xtagan. Korvallis politsiya departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi to‘qnashuvdan Tesla’ning to‘liq to‘xtashiga qadar u 100 metrga yaqin masofani bosib o‘tgan.
Foto: Corvallis Police Department
«Hodisa joyidagi avtomobilning sochilib yotganiga qarab, uning haydovchisi nafaqat tirik qolgani, balki politsiya kelguniga qadar qochib ketganiga ishonish qiyin», — deyiladi xabarda. Ofitserlar Milotani avariya joyidan uch daha narida qo‘lga olgan. Ta’kidlanishicha, unga jiddiy jarohat yetmagan, faqat ayrim joylari ko‘kargan. Dilan politsiya uchastkasiga olib borilgan, aniqlanishicha, u kuchli giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan.
Foto: Corvallis Police Department
Foto: Corvallis Police Department
Foto: Corvallis Police Department
Milotaga nisbatan qator qonunbuzilishlarini sodir etganligi uchun ayblov e’lon qilingan va sud uni qamoq jazosiga mahkum etishi mumkin. Eng katta muammoni Tesla’ning akkumulator batareyalari keltirib chiqargan — uning bir necha yuz elemetlari sochilib ketgan, hatto yaqin atrofdagi uylarning oynalarini ham sindirib yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi