date
views 4 801

Maradona 50 ta oilani boqib kelgani vafotidan so‘ng ma’lum bo‘ldi

Maradona 50 ta oilani boqib kelgani vafotidan so‘ng ma’lum bo‘ldi
Foto: «Diegomaradonagroup.com»
Afsonaviy Diyego Maradona muntazam ravishda har oy qarindoshlari va tanishlariga 10 million argentina pesosi (100 ming yevroga teng) miqdorida yordam puli jo‘natib kelgan. Bu haqda «America TV» xabar berdi.

Shu tariqa Maradona Argentina va xorijda yashovchi 50 oilani ta’minlab kelgan.

Jurnalistlarga ko‘ra, Maradonaning endi yo‘qligini hammadan ko‘ra ko‘proq his etuvchilar aynan shu oilalar — futbol yulduzining barcha hisobraqamlari soliqchilar tomonidan «muzlatib» qo‘yilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maradona 50 ta oilani boqib kelgani vafotidan so‘ng ma’lum bo‘ldi