Messi jahon chempionatlari tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Lionel Messi jahon chempionatlari final bosqichlarida eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
Argentina terma jamoasi sardorining JCHdagi assistlari soni 9 taga yetdi. Shu tariqa, u 8 ta golli uzatma qayd etgan Diyego Maradonani ortda qoldirdi.
Keyingi o‘rinlarda Germaniya vakili Per Littbarski hamda Polshalik Gjegoj Lyato 7 tadan assist bilan qayd etilgan.
Messi jahon chempionatlarida nafaqat gollari, balki sheriklariga yaratgan imkoniyatlari bilan ham tarixiy natija qayd etdi.































Izohlar 0
…