10:31 / 10.12.2020
5 144

Nazarboyevning milliarder kuyovi darg‘azab. Sabab – Financial Times chop etgan maqola...

Nazarboyevning milliarder kuyovi darg‘azab. Sabab – Financial Times chop etgan maqola...
Foto: «RIA Novosti»
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev Financial Times nashrida chop etilgan maqoladan darg‘azab bo‘ldi. Milliarder kuyov ingliz nashri tuhmat qilganini aytib, Qozog‘iston bosh prokuraturasidan bu borada har tomonlama tekshiruv o‘tkazishni iltimos qilgan.

Gap shundaki, nafaqat Buyuk Britaniya, balki dunyoda nufuzli sanalgan Financial Times gazetasi joriy yil 3 dekabr kuni chop etilgan maqolada Timur Kulibayev Xitoyga gaz quvuri tortish loyihasidan bir necha o‘n million dollar boylik orttirgani haqida yozdi. Maqola ismi oshkor etilmagan manba taqdim etgan hujjatlar hamda elektron maktublarga tayangan holda tayyorlangan. Qayd etilishicha, Rossiya, Singapur hamda Buyuk Britaniya moliyaviy ro‘yxatlari ham davlat buyurtmasi vositasida shaxsiy daromad orttirilganini tasdiqlaydi. Elboshining kuyovi esa bu ayblovni rad etmoqda.

54 yoshli T.Kulibayev Qozog‘istondagi nufuzli shaxslardan biri hisoblanadi. U rafiqasi Dinara Kulibayeva (Nursulton Nazarboyevning qizi) bilan birgalikda mamlakatdagi yirik bankka egalik qiladi. Forbes nashri er-xotin Kulibayevlarning boyligini 2,9 milliard dollar deb baholagan. T.Kulibayev uzoq yillar Qozog‘iston davlat neft-gaz shirkatlarida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ayni paytda «Otamakon» tadbirkorlar milliy palatasi boshqaruvi raisi, Qozog‘iston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari hamda Kazenergy neft-gaz tashkilotlari uyushmasi boshlig‘i sanaladi.

T.Kulibayev Qozog‘istondagi peshqadam siyosiy harakatlardan biri – «Adal» partiyasining norasmiy ta’sischisi ekani ham aytiladi.
Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonda 2021 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida 5 ta siyosiy partiya qatorida «Adal» ham ishtirok etmoqda.

Darvoqe, Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich farzandi Darig‘a Nazarboyeva ham deputatlik uchun kurashadi. Keyingi yillarda turli mojaroli xabarlar qahramoni bo‘lishga ulgurgan siyosatdon ayol nomzodi iqtidordagi «Nur Otan» partiyasidan ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning milliarder kuyovi darg‘azab. Sabab – Financial Times chop etgan maqola...