17:47 / 10.12.2020
3 712

Kanadalik ayol xotirasini yo‘qotib, o‘z eriga ikkinchi bor turmushga chiqdi

Kanadalik ayol xotirasini yo‘qotib, o‘z eriga ikkinchi bor turmushga chiqdi
Foto: Unilad
Kanadaning Saanich shahrida istiqomat qiluvchi ayol xotirasidan ayrilib, turmush o‘rtog‘ining kimligini unutib qo‘ydi va unga qaytadan turmushga chiqdi, deb xabar beradi Unilad nashri.

2017 yilda, to‘ydan to‘qqiz oy o‘tgach, 23 yoshli Lauraning boshiga ustun tushib ketgan. Oqibatda ayol bosh miyasidan jarohat olib, xotirasidan ayrilgan.

Ayol oila qurganini unutib qo‘ygan. Uning eri Breyden esa juda qattiq qayg‘urib, ayolni oldida o‘zini begonadek his qilgan. «Qanday qilib kulganlarimiz va vaqtni maroqli o‘tkazganimizni unutish, mening kimligimni hatto bilmasligi haqida o‘ylash juda og‘ir edi. Men xayrli kun tilasam yoki sevishimni aytsam ham, u qo‘rqib ketardi», — deydi erkak.

Laura ham o‘zini tuzoqqa tushgandek his qilgan. «O‘zimni xuddi tanlovdan mahrum qilingandek his qilardim», — deydi u. Jarohatdan keyingi dastlabki ikki yil davomida juftlik birgalikda, biroq oldingi darajadagidek romantika va bog‘liqliksiz yashagan. Ular xuddi qo‘shnilardek kun kechirgan.

Biroq erkak Lauraga o‘zining turmush o‘rtog‘i ekanligini eslatish borasidagi urinishlarini to‘xtatmagan. U muntazam ravishda ishqiy maktublarni yo‘llashni davom etgan va bu yordam bergan. «Breydenning oldiga borib, tanimagan odamim bilan nikohda bo‘la olmasligimni, ammo uni yaqindan bilishni xohlashimni aytdim. Shu sababli uni uchrashuvga taklif etdim», — deydi Laura.

19 avgust kuni Breyden Lauraga yana bir bor oila qurish taklifini bildirgan. «Ikkimiz ham turmush qurishimiz kerakligini bilardik», — deydi ayol.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadalik ayol xotirasini yo‘qotib, o‘z eriga ikkinchi bor turmushga chiqdi