Foto: Facebook / KILandforWildlife
Avstraliyaning Kenguru orolida o‘rmon yong‘inlari sabab qirilib ketgan deya hisoblab kelingan mitt pussumlar topildi, deb xabar beradi The Guardian. Ushbu jonzotlar materikdagi possumlar yashaydigan hududning asosiy qismi keng ko‘lamli ofat tomonidan yakson bo‘lganidan so‘ng, birinchi bor topildi.
«Mazkur topilma mitti possum turi yong‘indan so‘ng omon qolgani sifatida birinchi hujjatlashtirilgan dalil. Yong‘in ushbu turning 88 foizga yaqinini qamrab olgan, shu sababli biz uning oqibatlari qanday bo‘lishi borasida aniq taxminga ega emas edik, biroq bir narsa aniqki, populyatsiyaga jiddiy zarar yetgan», — deydi ekolog Pet Xojens.
Foto: Facebook / KILandforWildlife
Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda possumlar hayotiga yovvoyi mushuklar jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Tasman mitti possumlari — og‘irligi 10 grammgacha yetadigan hayvon hisoblanadi. U asosan Tasmaniya orolida, shuningdek, Kenguru oroli va Janubiy Avstraliyada yashaydi. Tasman mitti possumlari tungi hayot tarzida, asosan, butalar yoki o‘rmon daraxtlari orasida yashaydi. Hasharotlar, o‘rgimchaklar, mayda kaltakesaklar, nektar va changlar bilan oziqlanadi.
Foto: Facebook / KILandforWildlife
Eslatib o‘tamiz, Avstraliyada 2019 yilning yozida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 186 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan hamda 34 kishining va milliardlab hayvonlarning umriga zomin bo‘lgan.
Foto: Facebook / KILandforWildlife “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi