
Afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning boyliklari uchun jiddiy kurash boshlandi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu boyliklar uchun sobiq futbolchining 5 nafar qonuniy va 7 nafar nikohsiz farzandlari hamda 4 ta singlisi, jami 16 nafar qarinoshi da’vogarlik qilmoqda.
Maradonaning jami boyliklari 40 million yevroga baholanmoqda. Unga naqd pul, turli mamlakatlardagi mulk va hashamatli avtoulovlar kiradi.
“JCH-1986” g‘olibi o‘limidan oldin hech qanday vasiyat qoldirmagan va shu sababli uning merosi sud orqali bo‘lib beriladi.
Maradona joriy yilning 25 noyabr kuni yurak to‘xtashi oqibatida 60 yoshida vafot etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar