
Foto: Getty Images
AQSHda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp «Tvitter»dagi o‘z sahifasida yozgan.
«Birinchi vaksina yuborildi. Tabriklayman AQSH! Tabriklayman, Dunyo!» deb yozgan Tramp.
Mamlakatda "BioNTech" va "Pfizer" kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksina bilan birinchi bo‘lib Nyu-York shahrida yashovchi hamshira Sandra Lindsay emlangan. U so‘nggi o‘n oy davomida koronavirus bilan zararlangan bemorlar bilan ishlagan.
Hamshira 14 dekabr kuni Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo ishtirokida mamlakatda ommaviy emlash boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda payti emlangan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 13 dekabr kuni AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi mamlakatda favqulodda vaziyatda "BioNTech" va "Pfizer" kompaniyalari vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar