date
views 3 737

2020 yilda eng ko‘p daromad olgan dunyo yulduzlari

2020 yilda eng ko‘p daromad olgan dunyo yulduzlari
Foto: «Zastavki.com»
2020 yilda dunyo yulduzlari jami 6,1 milliard dollar ishlab topishdi. Bu oldingi yil bilan solishtirganda 200 million dollar kam. Bu borada Kayli Jenner va Kane Uest yetakchilik qilmoqda, deya 15 dekabr kuni xabar berdi «Forbes» jurnali.

2020 yilda Kim Kardashyanning singlisi Kayli Jenner 590 million dollar ishlab topdi. Bu pulning aksar qismini Coty kosmetik kompaniyasi aksiyalarining 51% ulushini sotish hisobiga qo‘lga kiritdi.

Musiqachi Kane Uest — Kimning turmush o‘rtog‘i 170 million dollar daromad oldi. Reper bu pulga Adidas bilan tuzgan shartnomasidan keyin egalik qildi. Kuchli uchlikka yakun yasab berish 106 million dollar ishlab topgan tennischi Rojer Federerga nasib qildi.

71,5 million dollarlik daromad bilan aktyor Rayan Reynolds biznesda muvaffaqiyat qozongan 100 kishilik reytingda 18-o‘rinni egalladi. Xonanda Billi Aylish bir yil ichida 54 million dollar ishlab topib, 43-o‘rindan joy oldi.

Ro‘yxatga kiritilgan mashhur boylar bilan batafsil «Forbes» jurnalida tanishishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2020 yilda eng ko‘p daromad olgan dunyo yulduzlari