Foto: Legion Media
FKA twigs nomi bilan mashhurlikka erishgan britaniyalik qo‘shiqchi Taliya Debrett Barnett aktyor Shaya LaBafni jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikda aybladi, deb xabar beradi The New York Times.
32 yoshli qo‘shiqchi va 34 yoshli aktyor 2018 yildan boshlab uchrasha boshlagan bo‘lib, ularning munosabatlari bir yildan kamroq davom etgan.
FKA twigs LaBaf ustidan sudga shikoyat kiritgan. Da’vo arizasida yozilishicha, aktyor uni ko‘p marotaba haqorat qilgan, bosim o‘tkazgan, jismoniy kuch ishlatgan va qasddan unga venerik kasallik yuqtirgan.
Da’voda ular Los-Anjelesga avtomobilda ketayotganida LaBaf xavfsizlik kamarini olib tashlab, Barnett uni sevishini aytmasa ikkisi ham avariyaga uchrashi bilan tahdid qilgani ham yozilgan. Shuningdek, qo‘shiqchi aktyor tunlarning birida uni bo‘g‘moqchi bo‘lganini so‘zlab bergan. Bundan tashqari, yoqilg‘i quyish shoxobchasida u erkakdan ketmoqchi bo‘lganida LaBaf kuch ishlatib, uni mashinaga o‘tirgizgani ham keltirilgan.
Barnett aralash hissiyotlarga berilganini tan olgan — u vaqtda qo‘shiqchi LaBafning karerasiga putur yetkazishni istamagan va uning gaplarini jiddiy qabul qilishlarini o‘ylamagan. Endilikda esa u vaziyatni oshkor qilishga qaror qilgan.
«Shaya bilan o‘tkazgan kunlarim umrimdagi eng yomon onlar. Hech kim men bilan bu kabi holat sodir bo‘lishini o‘ylamagan bo‘lsa kerak. Ammo hamma gap shunda. Bu hamma bilan sodir bo‘lishi mumkin», — deydi Taliya.
LaBafning bu kabi xatti-harakatlari haqida uning sobiq sevgilisi bo‘lgan stilist Kerolin Fo ham so‘zlab bergan. Uning ta’kidlashicha, erkak shu qadar qattiq urganida unda qon ketish kuzatilgan.
LaBaf The New York Times’ning so‘roviga javob berib, vaziyatni izohlagan: «Mening alkogolizmim yoki agressiyamni oqlab bo‘lmaydi, faqat buni tushuntirib bera olaman. Men uzoq yillar o‘zimga va atrofdagilarda shafqatsiz edim. Eng yaqin insonlarimning ham dilini og‘ritganman. Kimga og‘riq bergan bo‘lsam afsusdaman. Boshqa hech narsa deya olmayman».
Aniq ayblovlar borasidagi savolga u «yuqoridagilarning aksariyati haqiqatga mos kelmasligini» ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi