11:44 / 24.12.2020
2 166

Putin 31 dekabrni dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini ma’qulladi

Putin 31 dekabrni dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini ma’qulladi
Foto: «RIA Novosti»
Vladimir Putin 2020 yil 31 dekabrni Rossiyada umumxalq dam olish kuni qilish g‘oyasini ma’qulladi. Meduza’ning «Interfaks»ga tayanib xabar berishicha, viloyat rahbarlariga bu kunni dam olish kuni, deb e’lon qilishni tavsiya qildi.

«31 dekabrga kelsak, u dam olish kuni deb e’lon qilinishi... ishlamaslik — dam olish kerak. Bizda Yangi yilda bayramlar ko‘p, yana bittaga ko‘proq, bittaga kamroq, ehtimol bizdan ketib kamayib qolmaydi. Ammo 31-kuni, haqiqatan ham o‘zgacha ish kuni, yumshoqroq qilib aytganda, tashkillashtiriladi, shuning uchun, albatta buni qo‘llab-quvvatlash kerak», — degan Vladimir Putin.

Ma’lum qilinishicha, 31 dekabrni dam olish kuni deb belgilash to‘g‘risida davlat Dumasi «Yagona Rossiya» fraksiyasi rahbari Sergey Neverov Davlat kengashi yig‘ilishida taklif bilan chiqqan.

Vladimir Putinning ta’kidlashicha, hozirda 31 dekabrni «ushbu muddatda amaldagi qonunga muvofiq» federal darajada dam olish kuniga aylantirishni hozircha imkoni yo‘q. «Kelasi yildan boshlab bu bayramni kelajakda federal darajada tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak», — degan prezident.

Avvalroq Rossiyaning o‘nlab viloyat rahbarlari 31 dekabrni dam olish kuni deb e’lon qilgan. Ayrim hududlarda 31 dekabrdagi ish kuni 26 dekabr shanba kuniga ko‘chirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin 31 dekabrni dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini ma’qulladi