Foto: president.gov.by
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hududiga Ukraina orqali tonnalab qurol olib kirgan terrorchilar qo‘lga olinganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus maxsus xizmatlari Nikolay Avtuxovichning "terrorchi guruhi"ni qo‘lga olgan. Lukashenkoning ta’kidlashicha, ular butun Belarus bo‘ylab teraktlar tayyorlagan.
"Yaqinda Avtuxovichning guruhini qo‘lga tushirdik. Ablahlar. Hozirda ularning barcha yo‘llarini fosh qildik. Ular Ukraina orqali tonnalab qurol tashigan. Butun mamlakat bo‘ylab teraktlar tayyorlagan va amalga oshirishni boshlagan. O‘zlari yonishdi. Chekistlar bu operatsiyani militsiya bilan birgalikda o‘tkazdi. Barakalla! Xudoga shukr, ular ushlandi", – dedi Lukashenko.
Uning ishontirishicha, chegara qattiq nazoratga olingan.
"Yana bir nechta guruhchalar bor. O‘zlarining ikki-uchta odamini bizga jo‘natishadi. Ukraina orqali. Polsha, Litva orqali qiyin – chegarani butkul yopdik. Hozirda Ukraina bilan chegarani ham yopdik, sichqon ham o‘tolmaydi. Ba’zan Rossiya orqali kirishadi, chegaramiz yo‘q. Ammo avvalgidek emas. Bu masalani qat’iy nazoratga olganmiz", – dedi Belarus prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?