Turkiyaga keluvchilar uchun yangi qoidalar joriy etilmoqda

1 daqiqa o'qish2.2K
Turkiyaga keluvchilar uchun yangi qoidalar joriy etilmoqda
Foto: Reuters
Turkiya hukumati mamlakatga keluvchilar uchun yangi qoidalar joriy etmoqda: yo‘lovchilar koronavirusga topshirgan testi natijasi manfiy ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari shart. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

«Choralarni kuchaytiryapmiz. 28 dekabrdan boshlab Turkiyaga havo yo‘li orqali va 30 dekabrdan boshlab quruqlik yoki dengiz yo‘li orqali keladigan barcha yo‘lovchilar mamlakatga kirib kelgunigacha 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida koronavirusga topshirgan testi natijasi manfiy chiqqani to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart», — deb yozdi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyaga keluvchilar test natijasini samolyotga chiqishdan oldin taqdim etishlari lozim. Aks holda ular mamlakatga kiritilmaydi. Kiritilgan choralar 2021 yil 1 martgacha amal qiladi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,1 mln kishiga yetgan, 19,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?