Energetik ichimliklarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash taklif qilindi

1 daqiqa o'qish4
Energetik ichimliklarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash taklif qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qozog‘istonda «Otalar ittifoqi» jamoat birlashmasi energetik ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish va sotishni butunlay taqiqlash bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi.
  • Tashkilot vakillari ushbu mahsulotlarning inson salomatligiga, xususan, qon bosimi va uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini hamda qaramlikni keltirib chiqarishini ta’kidlamoqda.

Qozog‘istonda energetik ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish va sotishni butunlay taqiqlash taklif etildi. Bu tashabbus bilan «Otalar ittifoqi» jamoat birlashmasi chiqdi. Bu haqda NUR.KZ xabar berdi.

Tashkilot vakillari 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlashning o‘zi yetarli emas, deb hisoblamoqda. Shu sababli ular mahsulot ishlab chiqarish, tijorat maqsadida olib kirish, ulgurji va chakana savdoni, shuningdek, internet-do‘konlar hamda yetkazib berish xizmatlari orqali tarqatishni ham taqiqlashni taklif qilgan.

Petitsiya mualliflari o‘z tashabbusini energetik ichimliklarning sog‘liqqa ehtimoliy salbiy ta’siri bilan izohlagan. Ularning fikricha, bunday ichimliklar qon bosimiga ta’sir qilishi, tarkibidagi shakar miqdori yuqoriligi, shakarsiz turlaridagi shirinlashtiruvchi moddalar esa salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Shuningdek, birlashma vakillari kattalarning charchoq va uyqusizlikni yengish maqsadida energetik ichimliklarni muntazam iste’mol qilishi oqibatida uyqu bilan bog‘liq muammolar va ichimlikka qaramlik yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Petitsiyada energetik ichimliklar reklamasi, ularni bepul tarqatish va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilishni ham taqiqlash taklif etilgan. Bundan tashqari, mahsulot nomini o‘zgartirish orqali taqiqni chetlab o‘tishning oldini olish, noqonuniy savdo uchun javobgarlik belgilash hamda ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va sotuvchilar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish so‘ralgan.

Tashabbus rasmiy petitsiyalar portalida 2026 yil 18 noyabr kuni e’lon qilingan va Sog‘liqni saqlash vazirligiga yo‘llangan. Petitsiyani ko‘rib chiqish uchun 50 mingta imzo to‘plash talab etiladi.

Qayd etish joizki, bu hozircha jamoat birlashmasining taklifi bo‘lib, energetik ichimliklarni to‘liq taqiqlash haqida qaror qabul qilinmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?