Foto: «KIM KYUNG-HOON / Reuters»
Yaponiyalik shifokor Koiti Xiraxata koronavirus yengil shaklining jiddiy oqibatlaridan ogohlantirdi. Bu haqda Tokioning «Hirahata clinic» klinikasi mutaxassisi «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.
Xiraxataning ta’kidlashicha, ko‘pgina bemorlar uchun virusning o‘zidan ko‘ra kasallikning oqibatlari qo‘rqinchliroq. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus asoratlari paydo bo‘lgan bemorlarning uchdan bir qismi kasallikdan so‘ng to‘shakka mixlanib qolishgan. Shifokorning aytishicha, atigi bir kun isitma bilan yotgan yoki kasallik alomatlari umuman kuzatilmagan bemorlar ham jiddiy oqibatlarga duchor bo‘lishadi.
Koronavirus oqibatlaridan aziyat chekayotgan bemorlar orasida 97,1 foizi quvvatsizlikdan, 86,8 foizi depressiyadan, 83 foizi esa «boshdagi tuman»dan shikoyat qilishadi. Alomatlar orasida, shuningdek, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, nafas olish qiyinlashishi, ishtaha yetishmasligi, soch to‘kilishi va butun tanadagi og‘riq ham bor.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, yengil shaklda kasallik oqibatlaridan asosan 40-50 yoshgacha bo‘lgan odamlar aziyat chekishadi: ular bemorlarning qariyb 80 foizini tashkil etishadi. Shuningdek, ayollar ushbu kasallikka erkaklarga qaraganda bir yarim barobar ko‘proq duch kelishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi