
Foto: «Ssu.gov.ua»
Ukraina Xavfsizlik xizmati Gitler laqabli terrorchi boshchiligidagi radikal neonatsistlar tashkiloti faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda mahkama veb-saytida xabar berilgan.
Jinoyatchi Kiyevda ushlandi. Uning haqiqiy ismi oshkor qilinmayapti. Xabarlarga ko‘ra, Gitler irqiy va diniy asoslarga ko‘ra teraktlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va chaqiriqlardan iborat materiallarni tarqatuvchi tarmoqni tashkil etgan. Ular orasida 2019 yilda Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum uyushtirgan avstraliyalik terrorchi Brenton Tarrantning manifesti ham bo‘lgan.
Tintuv paytida guruh rahbarida rus va ukrain tillarida ekstremistik materiallar hamda neonatsistlar belgilari topildi.
Xabarda aytilishicha, uning bir qancha sheriklari Ukrainada yozdayoq hibsga olingandi. Ularning yetakchisi Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Neonatsistlar materiallarning bir qismini qo‘shni davlatdan olib turishgan, deb hisoblaydi Ukraina Xavfsizlik xizmati. Bundan tashqari, hibsga olinganlarda qurol-yarog‘lar topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar