Foto: Twitter
40 yoshli Kim Kardashyan hamda 43 yoshli Kane Uest o‘rtasidagi munosabatlar tugadi. Sobiq sevishganlar hozirda ajrashish jarayonlarini boshlab yuborgan, deb yozadi «Cosmo.ru».
Realiti-shoular yulduzi va reper 6 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgan, juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Katta qizi Nort hozirda 7 yoshda, o‘g‘li Seynt — besh yosh, Chikago ismli qizi keyingi hafta uch yoshga to‘ladi, kenjasi Saam esa endigina olti oylik bo‘ldi.
«Kim ajrashishlar bo‘yicha mashhur advokat Laura Uesserni yollagan va hozirda ular kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda», — deyiladi xabarda. Teleyulduz hatto nikoh uzugini ham taqmay qo‘ygan, Rojdestvo suratlarida esa uni faqat farzandlari qurshovida ko‘rish mumkin. Page Six ma’lumotlariga ko‘ra, reper bayramni Vayomingdagi uyida yolg‘iz nishonlagan.
Insayderlarning ta’kidlashicha, Kardashyan va Uestning Kalabasasdagi 60 million dollarli hashamatli uyi mol-mulkning asosiy masalasiga aylanadi. «Ajrashish muqarrar», — deya qo‘shimcha qiladi manbalar.
Ma’lumot uchun, Kane Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan u 2004 yilda ajrashgan bo‘lsa, basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa 72 kun davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi