Foto: Cheriss May / Reuters
Al-Hashd ash-Shaabi guruhi yetakchisining o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandisning o‘limi bo‘yicha ishni o‘rganib chiqqan Bag‘dod sudi AQSH prezidenti Donald Trampni hibsga olishga order berdi. AQSH prezidenti 2020 yil yanvarda Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini tashkil etganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi AP.
Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvarda Bag‘dod aeroportida AQSH tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lgandi. General bilan birga uning yonida bo‘lgan bir necha nafar ofitser va al-Muhandis ham halok bo‘lgan.
Orderda ta’kidlanishicha, gap qasddan qilingan qotillik haqida bormoqda. Iroq qonunchiligiga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun o‘lim jazosi belgilangan.
Donald Tramp Bag‘dod aeroportiga berilgan aviazarbani izohlar ekan, halok bo‘lgan Eron generalini «dunyoning birinchi raqamli terrorchisi» deb atagandi.
Avvalroq Eron general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababli AQSHning 48 nafar fuqarosi, jumladan, Donald Trampni xalqaro qidiruvga bergani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi