
Antarktida osmonidagi rekord darajada kattalashib ketgan ozon tuynugi, tabiiy jarayonlar natijasida, 2020 yilning dekabrida yopildi. Bu haqda 8 yanvar kuni Jahon meteorologiya tashkiloti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 2020 yilning avgust oyi o‘rtalaridan ozon tuynugi keskin kattalashishni boshlagan va 20 sentabrda eng maksimum darajasiga chiqqandi.
«Bu ozon qatlamini 40 yil avval kuzatishlar boshlanganidan beri eng davomli, katta va chuqur yemirilish edi. Uning yopilishiga kuchli, barqaror va sovuq qutb shamoli hamda stratosferadagi juda past harorat sabab bo‘ldi», — deyiladi JMT xabarida.
Antarktida osmonidagi ozon miqdori 1980 yildagi darajasiga qaytishi uchun yana 40 yil kerak, deyishmoqda olimlar.
Ma’lumot uchun: Ozon qatlami Yerni Quyosh radiatsiyasidan himoyalovchi vazifasini bajaradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar