Foto: RIA Novosti
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ilk rasmiy tashrifi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga binoan, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga bo‘lishi ma’lum qilindi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Ta’kidlanishicha, 11 yanvar kuni davlat rahbarlarining o‘zaro telefon muloqoti tashkil etilgan va Qosim-Jomart To‘qayev hamkasbini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagan.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash masalalarida yakdillikni bildirgan. Shuningdek, To‘qayev yangi saylangan Qirg‘iziston prezidentini rasmiy tashrif bilan Ostonaga taklif etgan. Sadir Japarov ushbu taklifni qabul qilib, rozilik bildirgani aytilmoqda.
10 yanvar kuni Sadir Japarov 96,65 foiz saylov uchastkalaridan olingan natijalar hisob-kitob qilingandan keyin, 79,25 foiz ovoz bilan Qirg‘izistonda o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.
Saylovlar natijalarini rasman 2 haftadan keyin e’lon qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi