Foto: «Denis Balibouse / Reuters»
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida fitna va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishi pandemiya ustidan g‘alaba qozonishga xalal beryapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan brifing paytida aytib o‘tdi. Twitterda translyatsiyasi mavjud. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu omil tashkilot mutaxassislarini tashvishga solmoqda.
«Juda kichik guruhlarning siyosiy yoki mafkuraviy maqsadlari ijtimoiy tarmoqlarda hozirgi kunda biz dunyoda amalga oshirayotgan nihoyatda muhim jarayon — COVID-19 ustidan nazoratni buzishga qaratilgan», — deb izohladi Rayan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari qariyb ikki million insonning umriga zomin bo‘lgan virusni to‘xtatishga harakat qilyapti. COVID-19ga qarshi kurashayotganlarga fitna kerak emas, deya ta’kidladi Rayan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dasturining direktori aholini ushbu virusning haqqoniyligiga ishonmaslikka undovchi pandemiya haqidagi soxta xabarlarning tarqalishiga salbiy munosabat bildirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ijtimoiy media ko‘plab muammolarni hal eta oladigan kuchli vosita, ammo «manfurlarning» ushbu platformani buzishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi