Foto: Esquire
Floridada lamantin (monotipik oilaning yirik suvli sutemizuvchilar turkumiga kiruvchi jonzot) orqasiga «Tramp» so‘zi tushirildi. Ushbu holatga birinchi bo‘lib Citrus County Chronicle nashri e’tibor qaratgan. Himoyaga muhtoj turlarga kiruvchi jonzot 10 yanvar kuni Floridaning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi Xomosassa daryosidan topilgan.
AQSH Yovvoyi tabiat va baliqchilikni qo‘riqlash xizmati lamantinga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik holati yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Idora vakilining so‘zlariga ko‘ra, lamantinga jiddiy zarar yetmagan. «Lamantinni badbashara qilganlarni topishga yordam bering. Xizmat har qanday ma’lumotni qidirmoqda», — deb yozadi epidemiolog Erik Feygl-Din.
Dofin-Aylend dengiz tadqiqotlari bosh ilmiy xodimi Rut Karmayklning fikricha, jonzot har qanday holatda ham og‘riq va stressni his qilgan.
«Bu dahshat. Buning naqadar qo‘rqinchli, telbalik va shafqatsizlik ekanligini ta’riflashga ojizman. Video orqali jonzotga qanchalik jiddiy zarar yetganini baholash qiyin. Bir narsa aniqki, har qanday holatda ham bu shafqatsiz munosabat oqibatlari hisoblanadi. Teri tilingan bo‘lsa, bu og‘riq va stressni yuzaga keltiradi. Hayvonlarning terisida nervlar va sezgir tolalar mavjud. Bundan tashqari, ochiq yaralarga infeksiya tushgan bo‘lishi mumkin», — deydi Karmaykl.
Ta’kidlanishicha, lamantinlarga shikast yetkazish AQSH federal qonunchiligini buzish hisoblanadi va uni sodir etgan shaxs 50 ming dollargacha jarimaga tortiladi yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

⚠️HELP FIND WHO MUTILATED A MANATEE: U.S. Fish and Wildlife Service is investigating who carved the word "Trump" on a Florida manatee. USFWS is looking for any information: cal Florida Fish and Wildlife Conservation hotline at 888-404-3922. https://t.co/FXQ2l3fYTj pic.twitter.com/jI9kL1BNe5
— Eric Feigl-Ding (@DrEricDing) January 11, 2021
«Bu dahshat. Buning naqadar qo‘rqinchli, telbalik va shafqatsizlik ekanligini ta’riflashga ojizman. Video orqali jonzotga qanchalik jiddiy zarar yetganini baholash qiyin. Bir narsa aniqki, har qanday holatda ham bu shafqatsiz munosabat oqibatlari hisoblanadi. Teri tilingan bo‘lsa, bu og‘riq va stressni yuzaga keltiradi. Hayvonlarning terisida nervlar va sezgir tolalar mavjud. Bundan tashqari, ochiq yaralarga infeksiya tushgan bo‘lishi mumkin», — deydi Karmaykl.
Ta’kidlanishicha, lamantinlarga shikast yetkazish AQSH federal qonunchiligini buzish hisoblanadi va uni sodir etgan shaxs 50 ming dollargacha jarimaga tortiladi yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Daniyalik biolog bahaybat timsoh bilan xavfli tryuk qildi (video)

Yangi Zelandiya sohillarida antiqa jonzot topildi (foto)

Avstraliyalik ayol dengiz qirg‘og‘ida noma’lum jonzotga duch keldi

Texas shtatidagi plyajda sirli mavjudot topildi

Olimlar Erni tirik va ongli jonzot deb e’lon qildilar

Aqto‘be shahrida paydo bo‘lgan noma’lum jonzot internet yulduziga aylanmoqda