21:00 / 14.01.2021
1 693

Turkiya prezidenti koronavirusga qarshi emlandi

Turkiya prezidenti koronavirusga qarshi emlandi
Foto: «AP Photo / Turkish Presidency»
Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara shahar shifoxonasida koronavirusga qarshi emlandi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Prezident buni o‘zining Telegram kanalida tasdiqladi.

«Men vaksinatsiyadan o‘tdim», — deya yozib qoldirgan Erdo‘g‘on.

Avvalroq Turkiya hukumati koronavirusga qarshi Xitoyning «SinoVac» kompaniyasiga tegishli «SoronaVac» vaksinasini favqulodda vaziyatlarda foydalanishni ma’qulladi, payshanba kuni shifokorlarni emlash boshlanadi, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Faxrettin Koja.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, payshanba, mamlakatda emlashning birinchi kunida Turkiyada qariyb 250 mingdan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi Xitoy preparati bilan emlandi.

Koja Xitoyning «SinoVac» kompaniyasi vaksinani yetkazib berishni boshlaganini e’lon qilgan edi. Turkiya fevralning oxiriga qadar 50 million dozani olishni kutmoqda. Shuningdek, Turkiya hukumati mart oyining oxiriga qadar Amerikaning «Pfizer» kompaniyasi hamda uning nemis hamkori «BioNTech» tomonidan ishlab chiqarilgan 4,5 million doza koronavirusga qarshi vaksinani sotib olmoqchi.

Turkiyada emlash to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab vaksina shifokorlar va xavf ostida bo‘lganlar tomonidan qabul qilinadi, vaksinatsiyaning birinchi bosqichi 9 millionga yaqin odamni qamrab olishi kutilmoqda.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,355,839 kishiga yetdi. 23,325 bemor hayotdan ko‘z yumdi. 2,227,927 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti koronavirusga qarshi emlandi